Jamiyat tarixi

Yangilangan sana: 05/19/2025 18:01:51



"O‘ztransgaz" AJ rivojlanish tarixi


Respublika sanoati, kichik biznes yetakchi korxonalari va real iqtisodiy sektordagi asosiy tarmoqlarning doimiy iqtisodiy o‘sish sur‘atlari hamda barqaror ishlashini ta‘minlash yonilg‘i-energetik resurslar iste‘molining oshishini nazarda tutadi. Tabiiy gazni ham ichki, ham tashqi bozorga yetkazib berish hajmlari oshib borayotgan hozirgi paytda, gaz transporti va gaz taqsimlash tizimlaridan ishonchli foydalanishni saqlab qolgan holda, gaz transporti tizimini rivojlantirish va gaz ta‘minoti tizimini yaxshilash zarurati kuchayib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi iste‘molchilarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta‘minlash, shuningdek transportirovka qilish, tranzit va eksport qilish "O‘ztransgaz" Aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan. O‘zbekiston gaz sanoatining rivojlanish tarixi 1950-yillardan boshlanadi. Birinchi gaz 1953-yilda Setalantepa konidan qazib olingan.

2019

Jamiyat
tarixi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Аholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʼini moliyaviy sogʼlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 4388-sonli qarori bilan “Oʼztransgaz” АJ “Oʼzbekneftgaz” АJ tarkibidan chiqarildi hamda “Oʼztransgaz” АJ negizida ikkita mustaqil tizim – “Oʼztransgaz” va “Нududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.


“Oʼztransgaz” АJga:


  • tabiiy gazni keyinchalik yagona operator sifatida yetkazib berish, jumladan eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlar, shu jumladan mahsulotni taqsimlash toʼgʼrisidagi bitimlar asosida faoliyat yurituvchi qoʼshma korxonalar va xorijiy kompaniyalardan xarid qilish;

  • toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar asosida magistral gaz quvuriga ulangan isteʼmolchilarga, shuningdek, "Hududgaztaʼminot" АJ bilan komissiya shartnomalari asosida gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni sotish;

  • gaz quvurlari va kompressor stantsiyalarini XMI/XHMT mablagʼlarini jalb etish orqali qurish, rekonstruktsiya qilish, yer osti gazni saqlash omborlarida tabiiy gazni saqlash hajmlarini oshirish, yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarida tabiiy gaz oqimlarining monitoringi va boshqaruvi tizimini (SCADA) hamda avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini joriy etish orqali gaz transport tizimining “zaif” jihatlarini bartaraf etish va uning tranzit salohiyatini rivojlantirish vazifalari belgilandi.

2009

Jamiyat
tarixi

Fargʼona vodiysi isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish uchun "Qamchiq" dovoni orqali "Ohangaron" kompressor stantsiyasiga ega 165 km masofali noyob obʼekt – "Ohangaron-Pungon" magistral gaz quvuri qurilishi yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Gaz quvuri Qurama togʼ tizmasi yonbagʼri orqali oʼtadi.

2006

Jamiyat
tarixi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-avgustdagi “Oʼztransgaz” Аktsiyadorlik kompaniyasining faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ–438-son Qaroriga muvofiq, gazni taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, ichki isteʼmolchilarga tabiiy gazni transportirovka va realizatsiya qilish boʼyicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun toʼlovlar intizomini mustahkamlash maqsadida "Oʼztransgaz" Аksiyadorlik kompaniyasining faoliyati qayta tashkil qilindi. "Oʼztransgaz" Аksiyadorlik kompaniyasi faoliyatining qayta tashkil qilinishi hududiy gaz bilan taʼminlash korxonalarini “Oʼzkommunxizmat” Oʼzbekiston agentligi tarkibidan “Oʼztransgaz” Аksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga oʼtkazish orqali amalga oshirildi va hududiy gaz bilan taʼminlash korxonalari negizida barcha toifadagi isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlash uchun “Oʼztransgaz” Аksiyadorlik kompaniyasining qoʼshma korxonalari shaklidagi 6 ta hududlararo korxonalar tashkil qilindi.

2003

Jamiyat
tarixi

Surxondaryo viloyati isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida 190 km uzunlikda Boysun togʼlari orqali oʼtuvchi diametri 720 mm boʼlgan “Shoʼrtan–Sherobod” magistral gaz quvuri qurilgan. Mazkur tarmoqqa "Muborak" Magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan xizmat koʼrsatiladi.

1999

Jamiyat
tarixi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 11-dekabrdagi “Oʼzbekneftgaz” Milliy neft va gaz sanoati korporatsiyasini “Oʼzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasiga qayta oʼzgartirish toʼgʼrisida”gi PF–2154-son Farmoni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-dekabrdagi “Oʼzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati toʼgʼrisida”gi 523-son qaroriga muvofiq, “Oʼztransgaz” Davlat birlashmasi negizida ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʼztransgaz” Аksiyadorlik kompaniyasi tashkil qilindi.

1999

Jamiyat
tarixi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-apreldagi 169-son qaroriga muvofiq, "Xoʼjaobod" neft-gaz konining ishlab chiqilgan unumli imkoniyatlari negizida tashkil qilingan "Xoʼjaobod" gazni yer ostida saqlash stantsiyasidan tajriba sifatida foydalanish boshlandi.

1992

Jamiyat
tarixi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-dekabrdagi 585-son qaroriga muvofiq, tashkil qilinayotgan "Oʼzbekneftgaz" Milliy korporatsiyasi tarkibida "Oʼzbekgazsanoat" ishlab chiqarish birlashmasining ixtisoslashtirilgan boʼlinmalari bazasida tabiiy gazni transportirovka qilish boʼyicha "Oʼztransgaz" Davlat birlashmasi tashkil qilindi.

1978

Jamiyat
tarixi

"Shimoliy Soʼx" gazni yerostida saqlash stantsiyasi, keyingi yil esa Gazlidagi gaz koni bazasida tashkil topgan Gazlidagi gazni yer ostida saqlash inshoatidan tajriba sifatida foydalanish boshlandi.

1973

Jamiyat
tarixi

"Oʼzbekgazsanoat" ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilingan, soʼngra esa alohida gaz transporti kompaniyasi sifatida "Oʼztransgaz" Аksiyadorlik kompaniyasi rivojlana boshladi.

1962

Jamiyat
tarixi

"Buxoro – Ural" va "Markaziy Osiyo – Markaz" transkontinental magistral gaz quvurlari yotqizilishini oʼz ichiga olgan Gazli konini qazib ishlab chiqish ishlari boshlab yuborilgan.

1961

Jamiyat
tarixi

5000 km.li "Markaziy Osiyo – Markaz" (SATS) magistral gaz quvuri qurilgan va bu o'z davrining yirik kashfiyotlaridan biri bo'lgan. Tarmoq qurilishida o'sha paytda dunyodagi eng yangi texnologiya va ishlanmalardan foydalanilgan. Ushbu quvur ishga tushirilgach “Transkontinental gaz quvuri tizimi” iborasi birinchi marta qo'llanila boshlagan.

1954-1960

Jamiyat
tarixi

Uzunligi 2200 km, diametri 1000 mm dan yuqori bo‘lgan “Buxoro – Ural” magistral gaz quvuri qurilgan. Bu tizim uchun 17 ta kompressor stantsiyasi va qo'shimcha infrastruktura shuningdek, quvur ekspluatatsiyasini ta'minlovchi 7 ta boshqarma tashkil etilgan. Ularning 4 tasi O'zbekiston hududida joylashgan edi.

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech