Qo‘ng‘irot MGQB tomonidan "O‘rta Osiyo-Markaz" magistral gaz quvurining 3-tarmog‘ida porshen yuborish va qabul qilish kamerasi montaj qilinmoqda.
Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03
Jarayon
Muborak MGQB xizmat ko‘rsatadigan "Sho‘rtan-Sherobod" magistral gaz quvurining 161-kilometriga Boysunda qurilayotgan gazni qayta ishlash zavodidan chiquvchi gaz quvurining gaz o‘lchash stansiyasi va porshen yuboruvchi qurilmasi ulandi."Sho‘rtan-Sherobod" magistral gaz quvurining 155-kilometriga esa Boysun gazni qayta ishlash zavodi ishchilari uchun qurilayotgan shaharchani tabiiy gaz bilan ta’minlaydigan (yangi quriladigan) gaz taqsimlash stansiyasiga olib boruvchi diametri 159 mm gaz quvuri ulandi.