Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




«Djel» va «Shaxpaxta» loyihalarining istiqbollari ko‘rib chiqildi



“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatida “Gazprom EP International B.V.” kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi.
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi U. Sayidov xorijiy hamkorlarni mamlakatimizga tashrifidan mamnunligini bildirdi. Ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan tanishtirdi. Qaror doirasida -"O‘zbekneftegaz" AJ, “O‘ztransgaz” AJ va "Hududgazta’minot" AJlari qayta tashkil etilganligini ta’kidladi.
O‘zbekiston tomoni “O‘ztransgaz” AJ va “Gazprom EP International B.V.” kompaniyasi o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona hamkorlikni yuksak qadrlashini va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun tayyorligini e’tirof etdi.
Mehmonlar ham o‘z navbatida O‘zbekistonlik hamkasblariga minnatdorlik bildirib, mahsulot taqsimlashga oid “Djel” bitimini amalga oshirish jarayonining borishi va “Shaxpaxta” konidan gaz transporti bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.
“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisi O‘zbekiston Respublikasi uchun “Gazprom EP International B.V.” tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ahamiyatli ekanligidan kelib chiqqan holda, ushbu konlardan tabiiy gazning uzluksiz transporti uchun uzatilayotgan tabiiy gazning belgilangan sifat me’yorlari darajasida bo‘lishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar davlat manfaatlarini hisobga olgan holda «Djel» loyihasini samarali amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlaridan foydalanishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Gaz quvurining texnik holatini o‘rganish, loyiha iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash maqsadida “O‘ztransgaz” AJ, “Gazprom EP International B.V.” kompaniyasi va “O‘zLITIneftegaz” AJ mutaxassislaridan iborat uch tomonlama ishchi guruh tuzish hamda muhokama qilingan masala bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.


“O‘ztransgaz” AJ Axborot xizmati



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech