Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




Muammo tez orada yechim topadi

“BugunUz” rasmiy kanalida “Ohangaronsement” gaz muammosi sabab faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi” sarlavhali xabar e’lon qilindi. Unda ismi anonim qolishini so‘ragan korxona ishchilari, bu haqida “Ozodlik” radiosiga ma’lumot bergani keltirilgan.

         “Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyati “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan ulgurji iste’molchilaridan biri hisoblanadi. Korxonaga 2020 yil davomida qariyb 382,5 mln.kub.metr tabiiy gaz berish rejalashtirilgan bo‘lib, yanvar oyining birinchi o‘n kunligida 3,8 mln. kub.m ga yaqin tabiiy gaz yetkazildi. Yil davomida rejada ko‘rsatilgan tabiiy gazning qolgan qismi ham yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Shu kunlarda respublikamizda ob-havo sovib ketishi natijasida eng avvalo aholiga, shifoxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va umumta’lim maktablari kabi ijtimoiy soha ob’ektlariga, issiqlik va elektr-energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida ayrim ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish qisqartirilmoqda.

“O‘ztransgaz” AJ yirik iste’molchilar bilan, shu jumladan “Ohangaronsement” AJ bilan kelishilgan holda vaqtincha tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu uzilish albatta o‘tkinchi holat bo‘lib, tabiiy gaz resurslari ortishi bilan gaz ta’minoti yana iziga tushadi.

Vujudga kelgan noqulayliklar uchun “O‘ztransgaz” AJ iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

 




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech