Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.29.2024 16:30:53




“O‘ztransgaz” AJ tizimida XXRning “China Datang Overseas Investment So.,Ltd.” kompaniyasi tomonidan yirik loyiha amalga oshiriladi

G‘allaorol MGQBda “Kompressor stansiyalarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlash” loyihasi boshlanishi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Unda “O‘ztransgaz” AJ va “China Datang Overseas Investment Co., Ltd”  kompaniyasi rahbariyati  tomonidan hamkorlikdagi bitimning shartlari bo‘yicha asosiy kelishuvlarni belgilovchi hujjat imzolandi. 

“O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi kompressor stansiyalar uchun yiliga o‘rtacha 633 mln. kVt.soat elektr energiyasi sarflanadi. Buning asosiy qismi Gazli, Kogon, Zirabuloq, G‘allaorol va Yangiyerdagi eng yirik 5 ta stansiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Amalga oshiriladigan loyiha stansiyalarda gazni tejash hamda gaz haydash agregatlari avariyaviy to‘xtalishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Xorijiy investitsiya hisobiga umumiy quvvati 110 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilishi rejlashtirilmoqda. 

Har birining quvvati 35 kVt bo‘lgan 5 ta podstansiya va uzunligi 100 km havo elektr uzatish tarmog‘i ham quriladi. Loyiha to‘liq ishga tushgach 50 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi. Dastur natijasida  yiliga 192 mln kVt/soat yashil energiya ishlab chiqariladi. 55 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi va atmosferaga zararli moddalar chiqarilishining oldini olishga erishiladi.




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech