Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




“O‘ztransgaz” - o‘zbek olimlari bilan hamkorlik qamrovini kengaytirmoqda

             11.jpg Respublikamiz Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426 sonli qarorida Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etishi masalalari ko‘zda tutilgan. “O‘ztransgaz” Aksiyadorlik jamiyati tizimida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni mazkur xujjat ijrosi sifatida keltirish mumkin. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Toshkent Kimyo-texnologiyalari instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik ishlari shular jumlasidan. Jamiyat mas’ullarining Toshkent Kimyo-texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti rahbari akademik A. Jalilov bilan o‘tkazgan uchrashuvi ana shu hamkorlik yo‘lida yana bir qadam bo‘ldi.

      Uchrashuvda ta’kidlanganidek, gaz transportirovkasi jarayonida tabiiy gazga qo‘shiladigan odorant reagenti, metall quvurlarni zanglashdan saqlovchi (antikorrizion) qoplamalar va zichlovchi surtmalar kabi kimyoviy mahsulotlardan foydalaniladi. Ularning aksariyati valyuta hisobiga xorijdan keltirilmoqda. Suhbatda institut olimlari tomonidan bunday mahsulotlarni tayyorlash texnologiyalari ishlab chiqilganligi aytildi.

      - Gaz transporti sohasi uchun ishlab chiqarilgan zarur reagent va boshqa mahsulotlar tegishli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan, muvofiqlik sertifikatlarga ega. Ushbu texnologiyalar asosida sanoat usulida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ham ko‘rilmoqda, dedi o‘z so‘zida A.Jalilov.

      Muzokaralarda olimlar taklif etayotgan mahsulotlar sifati, yetkazib berish shartlari va boshqalar haqida to‘xtab o‘tildi. Ishlab chiqarish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi. Har bir yo‘nalishga mas’ul xodimlar belgilandi. Tayyor mahsulotlarga buyurtmalarni rasmiylashtirish, boshqa yo‘nalishlardagi ishlarni tezkorlik bilan jonlantirish borasida kelishib olindi.

                                                       

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech