Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik davom etmoqda...

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik davom etmoqda... "Forish-Uchquloch" magistral gaz quvuri tarmog‘idagi tabiiy gaz oqimining yo‘nalishini o‘zgartirish qismiga 56 dona nazorat o‘lchov uskunasi o‘rnatildi. Otvodning 0-56 kilometri oralig‘ida amalga oshirilgan ishlar G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi elektr kimyoviy himoya bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan. Bu tadbir quvur o‘tkazuvchanligining ishonchliligini taʼminlaydi.  

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yana bir tadbir bajarildi.  DBST (Djarqoq-Buxoro -Samarqand -Toshkent) magistral gaz quvurining 296-298 km oralig‘ida vaqtinchalik o‘rnatilgan xomutlar joylashgan nuqsonli qismlar almashtirildi. Tadbir davomida qariyb 107 metr bo‘lgan Du-720 mm.li quvur yotqizildi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech