Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




15-noyabridan 15-dekabrigacha yurtimizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" bo'lib o'tmoqda

Qish faslida isitish moslamalariga ehtiyojning ortishi yong‘in xavfining ham ortishiga olib keladi.  Joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrigacha yurtimizda yong‘inlar bilan  bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda. Zirabuloq MGQBda oylik doirasida tadbir tashkil etildi.

FV boshqarmasi Narpay tuman bo‘limi bilan hamkorlikda bo‘lgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad - korxona obyektlarida yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo'yicha amalga  oshirilayotgan  ishlarni va bu jarayonda fuqarolarning ishtirokini faollashtirishdan iborat. Yig‘ilishda mutaxassislar isitish pechlari hamda gaz moslamalaridan foydalanish qoidalari, gaz va havo aralashmasining chaqnashiga olib keluvchi sabablar,  is gazidan zaharlanish kabi  noxush holatlarning oldini olish uchun  eʼtibor qaratish kerak bo'lgan jihatlar haqida tushuntirib o‘tdi.





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech