Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.25.2024 16:42:45




21 OKTABR - O'ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN!

Sana munosabati bilan tizim korxonalarida ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. 

Toshkent MGQBda tashkil etilgan uchrashuv ham 21 oktabr - O'zbek tiliga davlat til maqomi berilgan кunning 32 yilligi bayramiga  bag'ishlandi. Faol yoshlar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda Filologiya  fanlari nomzodi M.Shoniyozov, tajribali jurnalist Sh.Аbdullayevlar boshqarma ishchilariga o'zbek tilining hayotimizdagi o'rni, milliy qadriyat sifatidagi ahamiyati hususida so'zlab berishdi. O'zbek tilining imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi. Tilimizni asrash millat vakili sifatida har birimizning burchimiz ekanligi ta'kidlandi.

Qiziqarli va ma'lumotlarga boy bo'lgan uchrashuv yig'ilganlarda taassurot qoldirdi. Ishtirokchilarning bu boradagi savollariga javoblar qaytarildi. Tadbir so'ngida qatnashchilarga kitob sovg'a qilindi.











Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech