10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
Yangilangan sana: 12.10.2025 10:42:21
Chirchiq shahri “Iftixor” mahallasi, “Nihol” ko‘chasidagi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot
Magistral gaz quvurlarining holati bo‘yicha o‘tkazilayotgan navbatdagi rejali tekshiruvlar davomida diametri 325 mm bo‘lgan va 1966-yildan buyon ekspluatatsiya qilinayotgan “G‘azalkent” yuqori bosimli magistral gaz quvurining 11–12 km uchastkasida bir qator turar joylar quvur muhofaza zonasiga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Ayrim inshootlarning quvur o‘qiga nisbatan juda yaqin joylashgani ham qayd etilgan.Amaldagi meʼyoriy hujjatlar, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-dekabrdagi 651-son qarori va Shaharsozlik normalari va qoidalarining 2.05.06-22 talablariga ko‘ra, mazkur gaz quvurining muhofaza masofasi quvur o‘qidan har ikki tomonga 125 metr etib belgilangan. Bu hududda turar joy yoki boshqa turdagi inshootlar qurilishi tavsiya etilmaydi, chunki quvurga yaqin qurilish ishlari texnik xavfsizlikka taʼsir qilishi va avariya holatiga olib kelishi mumkin.
Ayni paytda mazkur magistral gaz quvuri orqali Bo‘stonliq tumani aholisi va bir qator sanoat obyektlari tabiiy gaz bilan taʼminlanmoqda. Quvurda gaz mavjud emasligi haqida tarqalgan maʼlumotlar tasdiqlanmagan va asossizdir. Gaz taʼminoti belgilangan tartibda, barqaror amalga oshirilmoqda.
Toshkent MGQB tomonidan mahalliy davlat organlari va fuqarolarga quvur muhofaza zonasida qurilishga doir cheklovlar haqida bir necha marotaba rasmiy tarzda maʼlumot va ogohlantirishlar taqdim etilgan. Ayrim inshootlarga oid yuridik qarorlar esa belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilgan.
"O‘ztransgaz" AJ mazkur holatning huquqiy jihatlarini hal etish vakolatli davlat organlariga tegishli ekanini yana bir bor taʼkidlaydi. Jamiyatning asosiy vazifasi esa aholi xavfsizligi va gaztransport tizimining barqaror ishlashini taʼminlash. Magistral quvurlarga yaqin masofada turar joylarning mavjud bo‘lishi fuqarolar uchun katta xavf yuzaga keltirishi mumkin.
Jamiyat aholi, mahalliy davlat organlari va OAV bilan ochiq muloqotni davom ettiradi hamda texnik va huquqiy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish berishga tayyor.
Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi