Gazli MGQBda mukammal ta'mirdan chiqarilgan DU-80L1 dvigatelini o‘rnatish, sozlaash hamda ishga tushirilsh ishlari amalga oshirilmoqda
Yangilangan sana: 04.29.2025 16:18:30
E'LON
Tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash maqsadida 2024-yil 30-oktabr kuni ayrim gaz taqsimlash stansiyalarida qisqa muddatli ta'mir ishlari bajariladi.Zirabuloq, Muborak va Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan "Payshanba", "Payariq", "Xatirchi", "Bahoriston", "Muborak" va "Olmaliq-3" gaz taqsimlash stansiyalaridagi qurilmalarni mavsumiy qurilmaga almashtirilishi rejalashtirilgan. Tadbir vaqtida stansiyalardan tabiiy gaz uzatish qisqa muddatga navbati bilan to‘xtatib turiladi. Ta’mir ishlari tugallangach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Vaqtincha noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz va mazkur chora-tadbirlar gaz ta’minotining barqarorligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotganini eslatib o‘tamiz.