Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.23.2024 17:06:19




Energetika vaziri Alisher Sultonov yoshlar bilan uchrashdi

1.jpg1 fevral kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonovning bir qator yoshlar hamda talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va tizim tarkibidagi barcha tashkilot rahbariyati, filial o‘qituvchilari va talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida mamlakat rahbariyati neft va gaz sohasida munosib kadrlar tayyorlash masalalarini ilgari surilgan edi. So‘nggi yillarda geologlar, muhandislar, menejerlar va jahon miqyosidagi neft va gaz sanoatining boshqa mutaxassislari tayyorlandi.

4.jpgHozirgi vaqtda ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan yosh amaliyotchilar o‘quv jarayoniga jalb qilinmoqda, ular sohaga tegishli korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tamoqda.

Bugungi kunda Energetika vazirligi tizimida jami 121600 kishi ishlaydi. Ularning 21761 nafari (17,8%) 30 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar, ulardan 444 nafari turli darajadagi menejerlardir. Yosh mutaxassislarning (21761) 3113 nafari (14,3%) qizlar, shundan 26 nafari menejerlar, shu jumladan 2 ta birinchi o‘rinbosar va 8 ta bo‘lim boshliqlari (bo‘lim, ma’muriyat, ustaxona, bo‘lim).

Vazir Alisher Sultonov o‘z nutqida prezidentimiz murojaatidan kelib chiqadigan vazifalar, soha muammolarini yechishda yoshlarning o‘rni, vazirlik amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalarga to‘xtalib o‘tdi. Yosh mutaxassislar va talabalarning yangi loyihalari, xalqaro olimpiadalarda qatnashish, sport komplekslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

3.jpgShuningdek, uchrashuvda filial talabalari, yoshlar yetakchilari neft va gaz sohasidagi amaliy ishlari, o‘zlarining olib borayotgan ilmiy ishlari va tadqiqolari, sohada amalga oshirilishi zarur innovatsion g‘oyalari, turli muammalar va ularning yechimlari hamda o‘zlarining qator takliflarni bildirishdi.

Uchrashuvda Kimyo fanlari doktori professor, Akademik Sayyora Sharafovna Rashidova, O‘zbekiston xalq artisti Melnikova Galina Vitalevna va shu soha professor ustozlari ham ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiali talabalari bilan oldingi uchrashuv 2019 yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan edi. Unda talabalar va professor-o‘qituvchilarning innovatsion g‘oyalari, ilmiy faoliyati, shuningdek talabalar ilmiy ishlari ko‘rib chiqilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech