10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
Yangilangan sana: 12.10.2025 10:42:21
ESG Co-Lab: O‘zbekiston Respublikasi davlat korxonalarining yo‘nalishlari va hamkorlikdagi yechimlari
Toshkentda "O‘ztransgaz" AJ va "UzAssets" AJ hamkorligida tashkil etilgan tаdbir shu mavzuga bag‘ishlandi. Seminarda O‘zbekistonning neft-gaz va energetika sohalaridagi davlat korxonalari kuzatuv kengashlari hamda boshqaruvlarining mustaqil aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbirda "UzAssets" AJ boshqaruv raisi, ESG kun tartibi davlat korxonalari uchun strategik ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi. Unga ko‘ra, ESG davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida yirik davlat korxonalarini transformatsiya qilishda muhim element hisoblanadi. 2025-yilda ESG reytingiga ega davlat korxonalari soni 7 taga yetdi. Ular orasida neft-gaz va energetika sohasi korxonalari ham bor. "UzAssets" huzurida xalqaro ESG standartlarini joriy qilish, mutaxassislar tayyorlash va davlat korxonalari tashabbuslarini muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan maxsus ESG (Senter of Exsellense) tashkil qilingani alohida qayd etildi. ESG ko‘rsatkichlarining yuqoriligi xalqaro kapital bozorlariga yana-da qulay shartlarda chiqish imkonini kengaytirishi taʼkidlandi.

Seminarda "Ernst & Young" kompaniyasi tomonidan ESG tamoyillarini joriy etish bo‘yicha xalqaro tajriba va biznes samaradorlikni baholash haqida taqdimot o‘tkazilib, davlat korxonalari faoliyatiga barqaror yondashuvlarni integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tаdbir doirasida guruh sessiyalari tashkil etilib, unda O‘zbekiston davlat korxonalarining ustuvor yo‘nalishlari va barqaror rivojlanish maqsadlari belgilandi. Ushbu maqsadlar neft-gaz va energetika sektori korxonalarining barqarorligi, shaffofligi va investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan.




Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi