Yangiliklar

Yangilangan sana: 12.09.2025 15:04:56




Gaz transport tizimidagi xotin-qizlar uchun profilaktik tibbiy ko‘riklar boshlandi

Gaz transport tizimidagi xotin-qizlar uchun profilaktik tibbiy ko‘riklar boshlandi Mamlakatimizda olib borilayotgan gender tenglik siyosati doirasida ayollar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, shuningdek ularning sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilish ustuvor yo‘nalishlardan biridir. “O‘ztransgaz” AJ tizimida ham mas’uliyatli jarayonlarda erkaklar bilan bir qatorda mehnat qilayotgan xotin-qizlar salomatligi doimiy e’tiborda. 

Ayollar sog‘lig‘iga e’tibor qaratish bejiz emas. Ishlab chiqarish jarayonida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning vaqtida profilaktik ko‘rikdan o‘tib turishi jahon tajribasida qayd etilgan ko‘plab kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
photo_2025-11-28_09-34-12 (2).jpg

Tizimda tibbiy ko‘riklar bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda

“O‘ztransgaz” AJ rahbariyatining qaroriga muvofiq, tizimning barcha hududiy korxonalarida ishlayotgan ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida profilaktik tibbiy ko‘riklar o‘tkazib kelinadi. Bu jarayon Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Qashqadaryo, Toshkent, Farg‘ona vodiysidagi va boshqa bo‘linmalarni to‘liq qamrab oladi. Shu kunlarda navbatdagi ko‘riklar boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbir uyushqoqlik bilan tashkil etilib, xodimalar belgilangan tartibda tekshiruvlardan o‘tishdi.

photo_2025-11-28_09-34-12 (3).jpg

“G‘allaorol” boshqarmasida — 40 nafarga yaqin xotin-qiz

“G‘allaorol” magistral gaz quvurlari boshqarmasida ham profilaktik ko‘riklar davom etmoqda. Bu yerda 40 nafarga yaqin xotin-qiz turli yo‘nalishlar bo‘yicha tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda.
Ko‘rik jarayonida xodimlar laboratoriya tahlillarini topshirib, ultratovush diagnostikasidan o‘tmoqda, tor soha shifokorlarining ko‘rigi va tavsiyalarini olmoqda. Mutaxassislar har bir ayolning sog‘liq holatini individual baholab, ayniqsa ko‘krak bezi salomatligi va boshqa xavf omillari bo‘yicha batafsil tekshiruvlar o‘tkazishmoqda.

photo_2025-11-28_09-34-12 (4).jpg

Profilaktika — xavfning oldini olishning eng yaxshi usuli

Ko‘krak saratoni va boshqa kasalliklar bo‘yicha global statistika profilaktikaning qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi. Shu bois, tizimdagi ayollarning muntazam ko‘rikdan o‘tishi kelajakda ehtimoli bo‘lgan xavflarni erta aniqlashga yordam beradi.

photo_2025-11-28_09-34-12 (5).jpg

“O‘ztransgaz” AJ kelgusida ham xodimlarning sog‘lig‘ini asrash, ular uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

photo_2025-11-28_09-34-13 (2).jpg
photo_2025-11-28_09-34-13.jpg


Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech