Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




Gazli MGQBda korxona quvvatini oshirish masalasi tahlil qilindi


“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining Birinchi o‘rinbosari O‘.Nuriddinov  boshqarmada olib borilgan modernizatsiya ishlarini ko'rib chiqdi. Worley, Enter Engineering kabi hamkor tashkilotlarning vakillari ishtirokida yig'ilish ham o'tkazildi. Unda  DKS-4 va DKS-5A kompressor stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, magistral gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish bo'yicha amalga oshirilgan  ishlar muhokama qilindi. "O'ztransgaz" AJ tizimidagi magistral gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish va stansiyalarning Ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo'yicha masalalari ko'rib chiqildi.


Boshqarmada navbatdagi sayyor qabul ham o‘tkazildi 

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va “O‘ztransgaz”AJ Boshqaruv raisi Behzot Narmatov tasdiqlagan reja-jadvali doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan "O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisining Birinchi o‘rinbosari  O‘.Nuriddinov va boshqa masʼullar ishtirokida o‘tgan sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari batafsil o‘rganib chiqilib  ko‘tarilgan masalalarning yechimi bo‘yicha mavjud imkoniyatlar doirasida chora-tadbirlar ko‘rilishi bildirildi.


Murojaatlarning muayyan qismi boshqarmaga ishga kirish bilan bog‘liqligi inobatga olinib, bugungi kunda boshqarmada bu jabhadashaffoflik prinsiplariga rioya etilayotganligi va ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshirilayotganligi aytib o‘tildi.




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech