Yangiliklar

Yangilangan sana: 01.16.2026 09:34:04




Hurmatli, "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati va tarkibiy tuzilmalarida mehnat qilayotgan xodimlar!

Мурожаатнома3.jpg
Bugungi kunda mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, shaffof va adolatli boshqaruv tizimini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish esa bu yo‘lda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har bir davlat organi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaning oldini olish, unga barham berish hamda jamoat ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish vazifasi belgilangan.

Shu asosda, "O‘ztransgaz" AJ faoliyatida ham qonuniylik, shaffoflik va halollik tamoyillari ustuvor hisoblanadi. Korrupsiyaga, manfaatlar to‘qnashuviga, nepotizm va xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Har bir xodim o‘z xizmat burchini vijdonan ado etishi, qonun talablariga qatʼiy rioya qilishi va shaxsiy masʼuliyatni chuqur anglashi shart. Qonunga zid har qanday holat to‘g‘risida belgilangan tartibda xabar qilinishi lozim bo‘lib, bunda xabar bergan shaxsning huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi.

Xulosa sifatida taʼkidlab o‘tmoqchimanki,  Korrupsiyaga qarshi kurash — bu faqat alohida tuzilmalarning emas, balki har bir xodimning fuqarolik va kasbiy burchidir. Qonunga sodiqlik, halollik va adolat "O‘ztransgaz" AJ faoliyatining mustahkam poydevori bo‘lishi shart.

Faqat shu yo‘l bilan biz — jamiyat ishonchini mustahkamlaymiz, soha rivojining barqarorligini taʼminlaymiz va kelajak avlod oldidagi masʼuliyatimizni ado etgan bo‘lamiz.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech