Янгиланган сана: 04.18.2024 16:22:52




Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi ob’ektlarini 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ishlab-chiqarish quvvatlarini tiklash va rekonstruktsiya qilish maqsadida keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda.

“O‘ztransgaz” AJning 2021-2023 yillarda gaz transport tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari”ning birinchi navbatda amalga oshiriladigan loyihalari texnik shartiga asosan, DKS-5 “A” tsexi va magistral gaz quvurlari oralig‘ida 1020mm li 240p/m hamda 720mm li 70p/m bog‘lovchi quvurlar montaj qiliniyapti.

Ularning ajratuvchi kranlarini kommunikatsiyaga ulash vaqtida gaz uzatish tizimida ortiqcha to‘xtalishlar bo‘lmasligi uchun texnologik jarayonda imkon borida asosiy kommunikatsiyaga o‘rnatib qo‘yilmoqda.

Payvandlash-montaj ishlari Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi mutaxassislari hamda pudratchi tashkilot “Buxorogazsanoatqurilish” AJ vakillari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Орқага қайтиш