Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.24.2024 14:08:45




“Maqsadimiz - O'zbekiston Respublikasi va uning aholisi farovonligi yo’lida o`z ishimizni yuqori sifatli bajarishdan iborat”

“O'ztransgaz” AJ 2020 yil uchun Global hisobot tashabbusi xalqaro standartlari (Global Reporting Initiative – “GRI”)ga asoslangan barqaror rivojlanish bo’yicha hisobotini e'lon qildi. 

Investorlar e’tibori ortgan, iste'molchilar va xaridorlarning talab ko’rsatkichlari o'zgarib borayotgan hozirgi paytda - “ESG” (Environment, Socials, Governance – atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv faktorlari) tizimiga asoslangan hisobotlarning e’lon qilinishi biznes zaruriyatiga aylanib bormoqda.

Respublika Prezidentning 2020 yil 9 iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog’ini moliyaviy sog’lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4388-son qaroriga asosan, “O‘ztransgaz” AJga 2020 yil natijalariga ko'ra iqtisodiy shuningdek, ijtimoiy va ekologik muammolar bo'yicha “GRI”ga muvofiq hisobotlarni e’lon qilish vazifasi yuklangan.

Bugungi kunda “O‘ztransgaz” AJ jamiyat oldidagi keng qamrovli majburiyatini unutmagan holda, investorlar, xodimlar, mijozlar va yetkazib beruvchilarni o’z ichiga olgan manfaatdor tomonlarning keng doirasi uchun qiymat yaratishga har qachongidan ham ko’proq harakat qilmoqda. Manfaatdor tomonlar esa, nafaqat asosiy masalalar bo'yicha sa’y-harakatlarni ko’proq amalga oshirish, balki, o’z faoliyatida yanada shaffoflikni ta’minlashga chaqirmoqda. “ESG” tizimi esa mamlakat jamoatchiligining kompaniya to’g’risidagi tasavvurlarini yaxshilashga yordam beradi.

Mazkur hisobot Jamiyatning korporativ boshqaruv, ijtimoiy va ekologik muammolar, jahon tendentsiyalari va tajribasiga rioya qilish sohasidagi yutuqlarini ko’rsatishga oid vizual va samarali usulidir.

“O‘ztransgaz” AJ GRI standartlariga muvofiq Barqaror rivojlanish hisobotini tayyorlash bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko’rsatish uchun tanlov asosida “PricewaterhouseCoopers” xalqaro kompaniyasining yordamiga tayandi.

2020 yilgi Barqarorlik hisobotida 15 ta asosiy mavzu ochib berilgan. Muhim mavzular 10 ta manfaatdor guruhning 54 respondentidan onlayn so’rov o’tkazish orqali aniqlandi

Hisobotda 33 standart va 33 maxsus ko'rsatkichlar bo'yicha ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati mavjud. 
havola






Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech