Yangiliklar

Yangilangan sana: 02.09.2026 17:18:09




Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv seminarlari o‘tkazildi

Joylarda xodimlar bilan bog‘liq baxtsiz holatlarni yuzaga keltiruvchi xavflarni oldindan aniqlash, ularning oldini olish va baxtsiz holatlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’uliyatni oshirish yuzasidan muhandis-texnik xodimlar bilan o‘quv seminarlari tashkil etib borilmoqda.
photo_2026-01-28_14-33-35.jpg
Joriy yilning 28–30-yanvar kunlari Jamiyatning Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departamenti xodimlari tomonidan “Farg‘ona” MGQB, “Xo‘jaobod” va “Shimoliy So‘x” GУOSI rahbar hamda muhandis-texnik xodimlari bilan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar davomida Jamiyat tarkibiy tuzilmalarida 2023–2025-yillarda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari, omillari va oqibatlari xodimlar bilan muhokama qilindi. Shu bilan birga, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, mavjud xavflarni oldindan aniqlash, ularni bartaraf etish hamda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishining oldini olish yuzasidan aniq talab va tavsiyalar berildi.
photo_2026-01-29_09-41-43.jpg
Shuningdek, mehnat muhofazasi hamda sanoat, yong‘in, gaz va elektr xavfsizligi bo‘yicha qonunchilikda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi.
photo_2026-01-30_11-03-03.jpg


Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech