Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




Muborak MGQBda vazifalar bajarilishida to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari O‘. Nuriddinov Muborak MGQBda bo‘lib 2022-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yilga belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi bo‘yicha muhokama o‘tkazdi. 

Joriy yilda 904.3 km magistral gaz quvurlarining ichki yuzasi tozalanishi rejalashtirilgan bo’lib, o‘tgan davrda 693.3 km quvurning ichki yuzasi tozalandi. Yillik reja 77 foiz bajarildi. 

Sho‘rtan-Muborak magistral gaz quvurining 99.3 km, Muborak-Kogon 1-tarmog‘ida 93 km, Muborak-Kogon 2-tarmog‘ida 93km, Muborak-Zirabuloq 1-tarmog‘ida 102 km, Muborak-Zirabuloq 2-3-tarmoqlarida – 204 km, Muborak-Yangiyer quvurining – 102 km qismida ishlar bajarilgan.

Shuningdek, 2022-yilning may oyida GKS-0 stansiyasi hamda “A” sexida germetiklik holatida nuqsoni bor 25 ta turli diametrli berkitish moslamalari almashtirildi.

Magistral gaz quvurlarining nuqsonli qismlarini almashtirish bo‘yicha hozirgi kunga qadar diametri 1020 mm bo‘lgan Sho‘rtan-Muborak magistral gaz quvurining 1342 perimetr, diametri 325 mm Qumqurg‘on gaz quvuri tarmog‘ida 444 perimetr nuqsonli quvurlar almashtirildi. 2022-yilning may oyida GKS-0 stansiyasi hamda “A” sexida germetiklik holatida nuqsoni bor 25 ta turli diametrdagi berkitish moslamalari almashtirildi. 

Yig‘ilishda 2022-23-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarining borishi haqida ham maʼlumot berildi. Belgilangan vazifalarni bajarilishida to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi, zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech