Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




Narpay tuman Zirabuloq magistral gaz quvuridagi yong‘in bartaraf etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqand viloyati Narpay tumani hududida katta magistral gaz quvuri portladi", mazmunida xabar va videolavha tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: Haqiqatdan ham Samarqand viloyati Narpay tumanidagi Zirabuloq magistral gaz quvurida 2 fevral kuni soat 16:45larda BGR-TBA Magistral gaz quvurlari 1- va 4-tarmoqlarining gaz quvuri yorilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Avariya natijasida jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q.

"O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatining Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi maxsus ishchi guruhining tezkor harakatlari natijasida 2 fevral kuni soat 17:15da yong‘in bartaraf etildi.

BGR-TBA Magistral gaz quvurlarining 2-3 tarmoqlari orqali gaz transport tizimi uzluksiz ishlashi yo‘lga qo‘yildi.

Ayni paytda Zirabuloq, G‘allaorol, Muborak va Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmalarining maxsus ta’mirlash brigadalari talofatni bartaraf etish maqsadida voqea joyida ish olib bormoqda, qisqa muddatlarda magistral gaz quvurlari qayta ishga tushiriladi va barqaror ishlashi ta’minlanadi.

Yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Tabiiy gaz iste’molchilaridan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun “O‘ztransgaz” AJ oldindan uzr so‘raydi.

“O‘ztransgaz” AJ matbuot xizmati




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech