Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.24.2024 14:08:45




“O‘ztransgaz” AJ axboroti: To‘raqo‘rg‘on IESga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

“O‘ztransgaz” AJ Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on Issiqlik elektr stantsiyasiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha, 2022-yil 17-avgust soat 14:00dan 15:00gacha to‘xtatilishini ma’lum qiladi.  

2022-yil 17-avgust kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonida dala ishlari olib borilayotgan vaqtda, traktor haydovchisining ehtiyotsizligi bois boshqarma tasarrufidagi “To‘raqo‘rg‘on” IES gaz taqsimlash stantsiyaga tabiiy gaz yetkazib beruvchi magistral gaz quvuriga (L=275metr) o‘rnatilgan diametri D-50 mm.li bo‘lgan purkash (svecha) ochib-yopish moslamasiga shikast yetkazilgan va natijada avariya holati, ya’ni gaz sizib chiqishi yuzaga kelgan.   

Mazkur gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish uchun “To‘raqo‘rg‘on” IES gaz taqsimlash stantsiyasiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech