Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi Behzot Narmatov Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida

Bugun “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi Behzot Narmatov Samarqand MGQBga tashrif  buyurdi. Boshqarma ma’muriy va ishlab chiqarish binolarining qayta qurilishi  jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Qurilishni belgilangan tartibda, sifatli amalga oshirish bo‘yicha takliflar berdi. 

Tashrif davomida B.Narmatov boshqarma bo‘limlarining ish faoliyatlari bilan taqdimotlar orqali tanishib chiqdi. Boshqarmadagi bo‘lim boshliqlarining ish faoliyatlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. 

Shundan so‘ng Boshqaruv raisining ishonchli vakili  bilan birga jismoniy va yuridik  shaxslarning murojaatlari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi. Ko'tarib chiqilgan masalalar yechimi to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

 






Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech