Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.25.2024 16:42:45




"O'ztransgaz" AJ Boshqaruv raisi fuqarolarni qabul qildi

“O‘ztransgaz” AJda jismoniy va yuridik  shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan talabchanlik kuchaytirilgan. Jamiyat boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari o‘tkazayotgan grafik asosidagi shaxsiy qabullarda - bu jihatlar diqqat markazida bo‘lmoqda.

Boshqaruv raisi Behzot Narmatov fuqarolar va yuridik shaxslar uchun o‘tkazgan qabulda 4 nafar shaxsning murojaati tinglandi. Andijon viloyatidan tashrif buyurgan fuqaro T.Yusupova va buxorolik D.Majidovlar ishga kirish masalasida kelgan bo‘lsa, jizzaxlik U.Nuraliyev yordamchi xo‘jalikka qarashli molxona va uning atrofidagi yordamchi binolarni kelishuv bitimi asosida tasarrufiga olishni istaydi. Fuqaro B.Alixo‘jayev esa Toshkent tumanida gaz taʼminoti islohotlariga o‘z yondoshuvlari asosidagi takliflarini olib keldi. Murojaatchilarga ko‘tarilgan masalalarning yechimi bo‘yicha mavjud imkoniyatlar doirasida chora-tadbirlar ko‘rilishi bildirildi. 






Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech