Gazli MGQBda mukammal ta'mirdan chiqarilgan DU-80L1 dvigatelini o‘rnatish, sozlaash hamda ishga tushirilsh ishlari amalga oshirilmoqda
Янгиланган сана: 04.29.2025 16:18:30
“O‘ztransgaz” AJ kimyogarlari-2023
28 may - kimyogarlar kuni. Gaztransport tizimining benuqson ishlashida mana shu kasb egalarining xizmati katta. “O‘ztransgaz” AJ tarkibiy tuzilmalaridagi kimyo laboratoriya mutaxassislari magistral gaz quvurlari orqali yetkaziladigan tabiiy gazning sifat ko‘rstakichlari, kompressor stansiyalarda ishlatiladigan turbina moyi, ish jarayonidagi texnik suv sifatini tahlillar yordamida aniqlashadi.
Tizimda faoliyat olib borayotgan kimyo laboratoriyalari muhandislari o‘rtasida kimyo tahlillari bo‘yicha tajriba almashish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda ishtirokchilar gaz tahlillarini o‘tkazish, tabiiy gazning shudring nuqtasi haroratini aniqlash, gaz namunalarini olish, gaz tarkibini aniqlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tajriba almashdi. Seminar davomida sohaga oid qiziqarli savollardan iborat viktorina tashkil etildi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

