Yangiliklar

Yangilangan sana: 01.16.2025 10:33:26




“O‘ztransgaz” AJ Komplayens-nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tanlov e'lon qiladi

Nomzodga qo’yiladigan talablar:
 
- Oliy maʼlumotli, iqtisodiyot yoki huquqshunoslik mutaxassisligiga, kasbiy tayyorgarlikka ega, nazorat-taftish organlarida, huquqshunoslik yoki korrupsiyaga qarshi va iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash yo‘nalishida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;

- Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.K.), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida tajribali foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi lozim;

- Energetika (gaz tizimi) sohasi to‘g‘risida bilim (tushuncha)ga ega bo‘lishi maʼqullanadi;

-Davlat va rus tillarini bilishi hamda ish yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi shart, ingliz va boshqa chet tillarni bilishi maʼqullanadi;

- Qonun hujjatlariga, nizomga, kodeksga rioya qilmaslik natijasida tashkilotga yetkazilishi mumkin bo‘lgan qonuniy yoki meʼyoriy sanksiyalar, moliyaviy yo‘qotishlar, jamiyat manfaatlariga zarar yetkazish xavfi sifatida belgilangan qoidabuzarlik xavfini aniqlash, baholash, tegishli maslahatlar berish, nazorat qilish va ushbu ko‘rsatgichlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.

Rezyumelar 2025-yil 10-fevralga qadar telegram orqali +998 99 010 44 03 raqamiga yuborilishi lozim. 

Batafsil ma’lumot uchun:
 +(99871) 202-10-60 (ichki 403) raqamiga ish kunlari soat 09:00-18:00ga qadar murojaat etishlari mumkin.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech