Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.20.2026 18:22:49




“O‘ztransgaz” AJ tizimida sayyor qabullar davom etmoqda

Gazli va Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida  navbatdagi ommaviy qabullar Boshqaruvi raisining ishonchli vakili tomonidan o‘tkazildi. Unda 23 nafar fuqaro va ishchi-xodim ishtirok etib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy ta’siri yuzasidan murojaat qilishdi. 

Qabullarda ishchi-xodimlar joriy yil may oyidan boshlab qorovul xizmati hamda ma’muriy-xo‘jalik yo‘nalishlari autsorsingga o‘tkazilishi munosabati bilan mavjud mehnat munosabatlarini saqlab qolish masalasi ko‘tarishdi. 

Ushbu yo‘nalishda ishchilarga boshqarmalarda mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida taklif berilgani ta’kidlandi. Bu borada xodimlarning huquq va kafolatlari, mehnat shartnomalarini qayta ko‘rib chiqish tartibi, yangi ish beruvchi bilan munosabatlarni rasmiylashtirish mexanizmlari yuzasidan huquqiy ma’lumot va tushuntirish berildi.




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech