Yangiliklar

Yangilangan sana: 11.11.2025 18:45:15




O‘ztransgaz" AJ tizimida tabiiy gaz transportirovkasi talablariga muvofiq, gazning sifat ko‘rsatkichlari doimiy nazorat qilib boriladi

Tabiiy gaz o‘lchovlarning sifatli va ishonchliligini taʼminlash, sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash sohasidagi yangi talablar haqida maʼlumot berish maqsadida Zirabuloq MGQBda "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi kimyo laboratoriyalari xodimlari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. 
photo_2025-11-03_16-04-04 (2).jpg
Tadbirda tabiiy gazning  namlik va uglevodorodlar bo‘yicha shudring nuqta haroratini aniqlash tahlillari “HYGROVISION-BL” va “CHANDLER” uskunalari yordamida amalga oshirildi. Mutaxassislar uskunalarni sozlash, suv bug‘lari va uglevodorodlarning kondensatsiyalanish jarayonini aniqlash,  uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va maxsus oynasini tozalash ishlarini ham amalda bajarishdi. Magistral gaz quvuri o‘lchov tarmog‘iga chiqqan holda tabiiy gazdagi mexanik aralashmalarni aniqlash jarayoni trubkalar va gaz barabanli hisoblagich yordamida amalga oshirish usuli bilan ham tanishtirildi.
photo_2025-11-03_16-04-05 (2).jpg
Bunday mashg‘ulotlar xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, tahlillarni o'tkazishdagi bilimlarini oshirish bilan birga "O‘ztransgaz" AJda tabiiy gaz sifatini nazorat qilish tizimini rivojlantirish va gaz sifatini taʼminlash jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
photo_2025-11-03_16-04-05 (3).jpg
photo_2025-11-03_16-04-05.jpg



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech