➦ Veb-sayt test rejimida ishlamoqda! Veb-saytga texnik xizmat qo‘rsatish ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!    |    “Hududgazta'minot” AJ aholi hamda ulgurji iste'molchilar bilan bevosita ishlayotgani munosabati bilan uztg.uz veb-portali faoliyati to‘xtatilgan. Shaxsiy kabinet bilan bog‘liq savollar yuzasidan “Hududgazta'minot” AJga murojaat qiling!

Yangiliklar

Yangilangan sana: 06.28.2022 17:05:15




“O‘ztransgaz” AJda korrupsiyaga qarshi kurash ishlari qanday bormoqda?


Jamiyat tizimida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarda shu kabi savollarga javoblar bilan tanishtirildi. Hozirda bu borada “O‘ztransgaz” AJ korrupsiyaga qarshi kurash Siyosati, Ijroiya apparati, hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom, “O‘ztransgaz” AJ tizimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish yo‘riqnomasi hamda “O‘ztransgaz” AJ xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlari va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha reglament amal qilmoqda. 

Gazli, Zirabuloq, Farg‘ona MGQB hamda Shimoliy So‘x va Xo‘jaobod GEOSIda o‘tkazilgan tadbirlar davomida “O‘ztransgaz” AJning har bir xodimi o‘z mehnat faoliyati davomida hech qanday korrupsion jarayonlarga aralashmasligi, manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga duch kelgan taqdirda jamiyat rahbariyatiga maʼlum qilishi lozimligi uqdirildi. 

Davra suhbatida tarkibiy tuzilmalarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ayrim xodimlar yo‘l qo‘ygan turli korruptsion va noqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha tergov harakatlar olib borilayotganligi maʼlum qilindi. Shu munosbat bilan biror xodim korruptsion holatga yo'l qo'ysa, unga nisbatan qonunlarda belgilangan choralar ko‘rilishidan ogohlantirildi.






Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech