Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




“O‘ztransgaz” va “Gazprom neft” kompaniyalari texnologiyalar almashinuvi dasturini ishga tushiradi


“O‘ztransgaz” va “Gazprom neft” o‘rtasida texnologiyalar va xodimlarning raqamli kompetensiyasini oshirish sohasida hamkorlik aloqalari rivojlanadi. “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi Behzot Narmatov va “Gazprom neft” kompaniyasining raqamli transformatsiyalar bo‘yicha direktori Andrey Belevtsev o‘rtasida shu haqida kelishuvga erishildi.

Hamkorlik doirasida “Gazprom neft” “O‘ztransgaz” AJga ishlab chiqarishni raqamli transformatsiyalash sohasidagi o‘z malakalaridan foydalanish imkoniyatini beradi va hamkorining ishlab chiqarish korxonalarida raqamli xizmatlar o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Kompaniyalar ishlab chiqarish quvvatlarining raqamli shakllarini va Gazprom Neft raqamli yechimlari asosida real vaqt rejimida ma'lumotlarni tahlil qilish tizimlarini ishlab chiqadilar. Hamkorlar, shuningdek, ishlab chiqarish va qurilish maydonlarini, quvurlarga texnik xizmat ko'rsatish va moddiy boyliklarni inventarizatsiya jarayonini nazorat hamda monitoring qilish uchun uchuvchisiz havo tizimlariga asoslangan xizmatlardan foydalanadilar.

Hamkorlikning yana bir yo'nalishi - uskunalarni avtomatlashtirish va monitoring qilish, shuningdek, ishlab chiqarishda xodimlarning xavfsizligini ta'minlashni yahshilash uchun zamonaviy videotahlil tizimlarini yolga qo'yishga qaratiladi.




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech