Yangiliklar

Yangilangan sana: 12.10.2025 10:42:21




Professional ko‘nikmalarini mustahkamlash jarayoni davom etadi


“Ohangaron” kompressor stansiyasida amaliy mashg‘ulot

Jamiyatimiz tizimida zamonaviy tahliliy uskunalar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun ichki o‘quv tizimini izchil rivojlantirib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri Markaziy ishlab chiqarish-dispetcherlik departamenti, Gaz sifati bo‘limi tomonidan Toshkent MGQB “Ohangaron” KSdagi sanoat oqimli gaz xromatografi faoliyati misolida tashkil etildi.

Amaliy mashg‘ulotda xromatografni ekspluatatsiya qilishga mas’ul xodimlar uchun ana shu qurilma faoliyati tahlil qilindi. Ushbu turdagi uskunalar texnik jihatdan chuqur bilimdonlikni, xizmat ko‘rsatish hamda kompleksning  zaxira qismlarini almashtirish bo‘yicha yetarli amaliy ko‘nikmalarni talab qiladi. Shu jihatlarni inobatga olgan holda "NEW TECHNOLOGY EMPYRE" MChJ mutaxassisi tomonidan xromatografning gaz namunasini yetkazish tarmoqlariga o‘rnatilgan filtrlarga ishlov berish tartibi va ularni to‘g‘ri almashtirish jarayoni ko‘rsatildi. Xromatograflarga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida paydo bo‘lgan savollarga to'liq tushuntirishlar berildi.

Bunday xizmat safarlari muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. Bu esa mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va oqimli gaz xromatograflarining barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech