Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




Qish g‘amini yozda ye!

Zirabuloq MGQB mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda 

Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi 2022/2023-yil kuz-qish mavsumida iste]molchilarga yetarli bosimda tabiiy gazni yetkazib berishni ta’minlash borasida 
tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. 

Xususan, kompressor stansiyasida havo kompressori, changyutkich kran tugunlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi va ularni bo‘yoqlash ishlari olib borildi. GXAlarning dvigatellari hamda multiplikatorlarini ta’mirlash rejaga asosan bajarilmoqda.

Zirabuloq MGQB 2 ta gaz kompressor stansiyasiga xizmat ko‘rsatadi. Shundan KS-2 gaz kompressor stansiyasida 13 ta elektr uzatmali gaz haydash agregatlari mavjud bo‘lib, ularning umumiy quvvati 52 MVt ni tashkil etadi. Sutkalik gaz haydash imkoniyati 80 mln kub metrdan iborat.






Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech