➦ Veb-sayt test rejimida ishlamoqda! Veb-saytga texnik xizmat qo‘rsatish ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!    |    “Hududgazta'minot” AJ aholi hamda ulgurji iste'molchilar bilan bevosita ishlayotgani munosabati bilan uztg.uz veb-portali faoliyati to‘xtatilgan. Shaxsiy kabinet bilan bog‘liq savollar yuzasidan “Hududgazta'minot” AJga murojaat qiling!

Yangiliklar

Yangilangan sana: 08.17.2022 18:05:43




"Shimoliy So‘x" GEOSIda Fuqaro muhofazasi bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Inshootda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakatlanish ko‘nikmalari yuzasidan Farg‘ona viloyati, Rishton tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi tuman o‘t o‘chirish boshqarmasi bilan hamkorlikda maxsus-taktik mashg‘uloti o‘tqazildi.

"Shimoliy So‘x" GEOSI xavflilik darajasi I-toifali obyektlar qatoriga kiradi, o‘quv mashg‘ulotda 10 ga yaqin maxsus texnika, 50 nafar Inshoot fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibi qatnashdi. 

Zilzila sodir bo‘lganda fuqarolarni binodan  evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam. ko‘rsatish, gaz kompressor stansiyasi moy xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish jarayonlariga doir tayyorgarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulot yakunida inshoot xodimlarining favqulodda holatlarga tayyorgarligi baholandi va xar bir xodim favqulodda holatlarda o‘ta hushyor, eʼtiborli va to‘g‘ri harakat qila olishi zarurligi taʼkidlandi.






Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech