Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




Toshkentda "Neft va gaz sohasidagi innovatsiyalar" haftaligi o‘tkazilmoqda


Tadbir doirasida neft va gaz sohasiga oid  innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi, tarmoq korxonalari uchun davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilayotgan ilmiy loyihalar taqdimotlari, neft-gaz tarmog‘ini rivojlantirishga oid  ishlab chiqilgan innovatsion mahsulotlar va texnologiyalar namoyishi, korxonalarining innovatsion mahsulot va texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojlari ko‘rsatilmoqda, muammolar yechimiga qaratilgan muhokamalar o‘tkazilmoqda. 

Haftalikda "O‘ztransgaz" AJ mutaxassislari ham ishtirok etdilar. TDTU olimlari taqdim etgan "Yer osti gaz saqlash inshootlarida tabiiy gazni tozalash va quritish qurilmalarida dietilenglikol moddasini tuzsizlantirish samaradorligini oshirish" mavzusidagi ishlanma taqdimoti bo'ldi va muhokama qilindi. Ishlanmani joriy qilish natijasi amaldagi tartibga nisbatan afzalliklarga egaligi tasdiqlansa, uni tatbiq qilish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.








Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech