Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




“Xovos-Farg‘ona” gaz quvuridagi yorilishi holati bartaraf etildi

25 avgust kuni soat 09:35da Sirdaryo viloyati Xovos tumani Navro‘z MFY hududidan o‘tuvchi, aholi punktidan tahminan 4 km uzoqlikda Xovos-Farg‘ona magistral gaz quvuri yo‘nalishining 13,4 km.da diametri 1020 mm bo‘lgan gaz quvurida yorilish yuz bergan.

Yangier kompressor stansiyasi dispetcherlik xizmati tomonidan tezkorlik bilan gaz sizib chiqish holati to‘xtatilgan. Stansiya Fuqaro muhofazasi tuzilmasiining favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish guruxi maxsus texnikalar bilan soat 11:10 da voqea joyiga yetib borib, avariya tiklash ishlari boshlangan. 26 avgust soat 09:00 holatiga ko‘ra 40 p/m metr gaz quvur yotqizilib payvandlash ishlari yakunlandi. Tez orada foydalanishga tayyorlanmoqda.

Voqeaning kelib chiqishiga sabab shundaki, mazkur gaz quvuri 1985 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, uzoq yillar ishlashi natijasida uning devor qalinligi 3-4 mm gacha yemirilgan va bu yorilishga olib kelgan. Voqea joyida talofat ko‘rgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirga kelib iste’molchilarga uzluksiz gaz yetkazib berish maqsadida “O‘ztransgaz” AJga tegishli bo‘lgan muqobil quvurlardan foydalanilmoqda.

 

“O‘ztransgaz” AJ Axborot xizmati



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech