Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.24.2024 14:08:45

Yangi qonun – yangicha munosabat

«O‘ztransgaz» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Ugam» dam olish maskanida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respub­lika kengashi bilan hamkorlikda «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab anjuman tashkil etdi.

«Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!» mavzuidagi tadbirda qonun mohiyati xususida atroflicha so‘z yuritildi.
– 1992 yilda ishlab chiqilgan avvalgi qonun o‘sha davr talabiga javob bergan bo‘lsa-da, oradan shuncha vaqt o‘tdi. Davr o‘zgardi, odamlar o‘zgardi. Asosiysi, huquqiy savodxonligimiz yanada mukammallashdi. Shunday ekan, uning hozirgi davrga to‘g‘ri kelmay qolgani kundek ravshan, – deydi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi yuridik bo‘lim mudiri Hamidulla Pirimqulov. – Chunki nafaqat qonunchilikda, balki ishlab chiqarishning barcha sohalari, bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy hayotimizda tub islohotlar kuzatilayotgan ayni pallada yangi qonun ishlab chiqilgani va amaliyotga tatbiq etilayotgani ayni muddao bo‘ldi.
Albatta, ayrimlarda yangi qonunda nimalar o‘zgardi, u ham ish beruvchi, ham xodimning manfaatlariga bir xil darajada javob beradimi, degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Avvalo, yangi qonunning avvalgisidan farqi shundaki, unda har ikki tomonning manfaatlari birdek aks ettirilgan. Yangi qonun xalqaro talablar va tajribalar asosida ishlab chiqildiki, u har ikki tomonning manfaatiga baravar xizmat qilishi shubhasiz. Shu bois, nafaqat kasaba uyushmalarida faoliyat yuritayotganlar, balki ish beruvchidan tortib ishchi-xodimgacha, gapning lo‘ndasini aytganda, barchamiz yangi qonunni batafsil o‘rganmog‘imiz shart. Shundagina mehnat faoliyatimiz davomida o‘z haq-huquqlarimizni yaxshi bilamiz va har qanday sharoitda ham o‘zimizni himoya qilish imkoniyati bo‘ladi.
Tadbir davomida mehnat faoliyati bilan bog‘liq holatlar, ish jarayonida xodimlar salomatligi, tekshirish va hisobga olish masalalariga yangi qonunda qay darajada e’tibor qaratilgani keng muhokama qilindi. Manba (http://ishonch.uz/archives/15749)

G‘ulom MIRAHMEDOV,
«Ishonch»

Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech