Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirgan ishlar
Янгиланган сана: 01.16.2025 10:33:26
Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Xabar berilganidek, Mahkamasining 15.06.2024-yildagi “Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.Prezidentning “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil-28 sentyabrdagi PF-166-son Farmoni muvofiq 2035-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari shuningdek,
•Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining tarkibi;
• Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Tariflar ishlab chiqarish, qazib olish, uzatish va boshqa tizimli xizmatlar, taqsimlash, foydalanish va kapital xarajatlarni to‘liq qoplashni hisobga olgan holda sotish xarajatlaridan kelib chiqqan holda shakllanadi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflar 2026-yildan boshlab, uch yildan kam bo‘lmagan muddatga amal qiladi.
Elektr energiyasining yagona va tabiiy gazning markaziy xaridori elektr energiyasi va tabiiy gazni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilangan tariflar bo‘yicha sotib oladi hamda sotadi.
Aholining kam taʼminlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash elektr energiyasi va tabiiy gazning bazaviy normasini qo‘llash hamda ular uchun tariflar oshganda kompensatsiyalar berish yo‘li bilan taʼminlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 01.04.2025-yildan kuchga kiradi.