➦ Veb-sayt test rejimida ishlamoqda! Veb-saytga texnik xizmat qo‘rsatish ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!    |    “Hududgazta'minot” AJ aholi hamda ulgurji iste'molchilar bilan bevosita ishlayotgani munosabati bilan uztg.uz veb-portali faoliyati to‘xtatilgan. Shaxsiy kabinet bilan bog‘liq savollar yuzasidan “Hududgazta'minot” AJga murojaat qiling!

Yangiliklar

Yangilangan sana: 01.28.2022 16:21:44




Davlat xaridlari qanday o‘zgaradi? Qonun loyihasi tahlili

Yangi tahrirdagi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi 8 oktyabr kuni parlamentga kiritildi. Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Gulnora Rahimova esa qonun loyihasida nazarda tutilgan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida Kun.uz'ga gapirib berdi.

Rahimovaning aytishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar, ustav fondida, (ustav kapitalida) davlat korxonalari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz yo undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslartomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonuni bilan qamrab olinmagan. Yangi tahrirdagi qonunda ularning xaridlariga ham qonun talablari tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.

«Amaldagi qonunchilikda davlat buyurtmachisining xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning kasbiy mahoratga ega bo‘lishi kerakligi belgilanmagan.Shu sababli, yangi tahrirdagi qonun loyihasida shunga mas’ul bo‘lgan shaxsning malakasini muntazam ravishda oshirib borishi vakolatli organ tomonidan tashkil etiladigan majburiy o‘qitish orqalita’minlanishi belgilanmoqda», — deydi Rahimova.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov davlat xaridlari sohasida mazkur sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlovchi usullardan etarlicha foydalanilmayotganiga e’tibor qaratgandi.

Gulnora Rahimovaning bildirishicha, shu tufayli qonun loyihasiga benefitsiar mulkdor tushunchasi kiritildi.

«Benefitsiar mulkdor – pirovardida mulkiy huquqlarga egalik qiladigan yoki kontrakt bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari va davlat xaridlari ijrochilariga o‘zlarining benefitsiar mulkdorlarini ochiqlash majburiyati yuklatilmoqda. Davlat xaridlarini amalga oshirishning barcha turlari shu jumladan, tender (tanlash) o‘rnatilgan tartibda elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkinligi, tanlash va tenderlarni elektron shaklda o‘tkazishda xarid komissiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda masofaviy tarzda ovoz berishga haqliligi belgilanmoqda», — deya qayd etdi u.

Davlat xaridlarning ma’lum bir qismida insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilgan holda bitta lotda ishtirokchi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining affillangan shaxslari tomonidan ishtirok etish holatlari mavjud bo‘lgan. Endilikda ushbu masalada cheklov joriy etilishi mumkin.

«Qonun loyihasida ishtirokchi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining affillangan shaxsi elektron bozor, auksion, eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolari bo‘yicha bitta lotda ishtirok etishga; ishtirokchining va (yoki) ushbu ishtirokchining vakolatli vakilining yaqin qarindoshlari ijrochini tanlash bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega yoki davlat buyurtmachisining yoxud u tomonidan jalb qilingan ixtisoslashgan tashkilotning vakili bo‘lgan hollarda ishtirokchini davlat xaridlarida ishtirok etishiga cheklov belgilanmoqda. Bu orqali insofsiz raqobatni oldini olishga erishiladi», — deya ma’lumot berdi Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i.

Amalda eng muhim va kutib bo‘lmaydigan holatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xaridlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas. Endilikda bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmaydigan, biroq bir yilda bir davlat buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1000 (byudjet buyurtmachilar uchun besh yuz) baravari miqdordagi summadan ko‘p bo‘lmagan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirish imkoniyati yaratilishi mumkin.

Davlat xaridlarini amalga oshirish uzoq muddatlarni talab etishi holatlarini inobatga olib, muddatlarni qisqartirish bo‘yicha takliflar inobatga olingan. Amalda davlat xaridlarini auditdan o‘tkazish belgilanmagan bo‘lsa, yangi tahrirdagi qonun loyihasida Hisob palatasiga davlat xaridlarni auditdan o‘tkazish va har yilning yakuni bo‘yicha audit natijalarini ochiq axborot manbalarda e’lon qilib borish va Oliy Majlisga kiritish vakolati kiritilmoqda.





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech