➦ Veb-sayt test rejimida ishlamoqda! Veb-saytga texnik xizmat qo‘rsatish ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!    |    “Hududgazta'minot” AJ aholi hamda ulgurji iste'molchilar bilan bevosita ishlayotgani munosabati bilan uztg.uz veb-portali faoliyati to‘xtatilgan. Shaxsiy kabinet bilan bog‘liq savollar yuzasidan “Hududgazta'minot” AJga murojaat qiling!

Yangiliklar

Yangilangan sana: 12.07.2022 19:06:45




Mahalliylashtirish dasturining asosiy maqsadi

Mahalliylashtirish dasturining asosiy maqsadi - O‘zbekiston Respublikasida eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan raqobatbardosh zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mahalliy xom-ashyo va mineral resurslar negizida ichki va tashqi bozor talablariga javob beradigan mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga dastur doirasida ichki tarmoq va tarmoqlararo, shu jumladan respublikaning kichik biznes va yirik korxonalari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini keng yo‘lga qo‘yish va uni yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Mahalliylashtirish dasturiga kichik biznes sub’ektlari tomonidan loyihalarni kiritish uchun ularni tanlash tamoyillari quyidagilardan iborat:

  1. Mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun ishlab chiqarish quvvatlari va mahalliy xom ashyo resurslarining mavjudligi;
  2. Ishlab chiqarishning birinchi yilida mahalliylashtirish darajasi kamida 36 foizga etishi;
  3. TIF TN kodi bo‘yicha pirovard mahsulot tovar pozitsiyasining boshlang‘ich xom ashyoga nisbatan kamida birinchi to‘rtta belgilardan biri darajasida o‘zgarishining ta’minlanishi;
  4. Mahalliylashtiriladigan mahsulotga ichki va tashqi bozorlarda talabning mavjudligi;
  5. Shunga o‘xshash (analog) mahsulotlar importining mavjudligi (yangi turdagi mahsulotlar bundan mustasno);
  6. Mahsulotning potentsial iste’molchilari bilan shartnomalarning yoki ahdlashuvlarning mavjudligi;
  7. Mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning sotish narxlari import mahsulotlari narxlaridan yuqori bo‘lmasligi (O‘zbekiston Respublikasigacha bo‘lgan transport xarajatlari, bojxona va soliq to‘lovlarini hisobga olingan holda);
Shu bilan birga, yuqoridagi talablarga mos keladigan va xalqaro sifat boshqaruv tizimini joriy etgan korxonalar Mahalliylashtirish dasturiga o‘z loyihalarini kiritish huquqiga egadirlar.

Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha korxonalarga beriladigan soliq va bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar

  • chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarishdagi texnologiya jarayonida foydalaniladigan komponentlar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);
  • mahalliylashtirish loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlardan olingan daromad (foyda) solig‘i, yagona soliq to‘lovi (soddalashtirilgan soliq tizimi qo‘llaniladigan subektlar uchun) to‘lashdan;
  • mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari bo‘yicha mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinadilar.
Mahalliylashtirish dasturiga loyihalarni kiritish uchun talab etiladigan jadval va shakllar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi 154-sonli qaroriga muvofiq Mahalliylashtirish dasturiga loyihalarni kiritish bo‘yicha tegishli jadval va shakllarni quyida yuklab olish mumkin.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish uchun murojaat qilish

Mahalliylashtirish dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining joylardagi Axborot-maslahat markazlari / Biznes markazlariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuman iqtisodiyot bo‘linmalariga murojaat qilishingiz mumkin.




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech