Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.24.2024 11:03:08




Yosh mutaxassislar Qoraqalpog‘istondagi korxonalar faoliyati bilan bevosita tanishishdi

Yosh mutaxassislar Qoraqalpog‘istondagi korxonalar faoliyati bilan bevosita tanishishdi "O‘ztransgaz" AJ rahbariyatining tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuvida yoshlar tomonidan Respublikamizdagi magistral gaz uzatish tizimi korxonalariga borib mavjud imkoniyatlar va muhandislik qurilmalarining ish faoliyati bilan bevosita tanishish taklifi bildirilgan edi. Jamiyat rahbariyati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bu borada tadbirlar boshlandi. "Transgazinjiniring" MCHJ rahbariyati boshchiligida bir guruh mutaxassislar "Urganchtransgaz" UK tarkibidagi ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurgani fikrimizga misoldir.

Safar davomida mutaxassislar "Akchalok", “Qo‘ng‘irot”, “Qoraqalpog‘iston”, "Tuley" kompressor stansiyalari, "Xiva-Beyneu" magistral gaz quvurida qurilayotgan avtomatlashtirilgan gaz o‘lchash stansiyasiga, “Qoraqalpog‘iston-1” gaz o‘lchash stansiyasi ga borishdi.  faoliyati bilan ham tanishdilar. Markazdan olis hududlarda joylashgan va  murakkab ob-havo sharoitida inshootlarning ishlash mexanizmlarida o‘ziga xosliklarni ko‘rib, zarur maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.


Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech