Tashkilotning boʼlajak va oʼtkazilgan ommaviy tadbirlari

Yangilangan sana: 10.07.2024 17:47:15




Hududlardagi mavjud muammolar tumanlar va shaharlar hokimlari ishtirokida o‘rganildi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi hamda topshiriqlari asosida Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari mutasaddilari tomonidan respublikamizdagi barcha tumanlar hamda shaharlar hokimlari ishtirokida hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish o‘tkazilishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, bugun ushbu tadbirning birinchisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Buxoro viloyati, Jizzax viloyati hamda Toshkent shahridagi tumanlar va shaharlar hokimlari bilan bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hududlarda yoqilg‘i-energetika sohasidagi mavjud muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi borasida Energetika vazirligi hamda tizim tashkilotlari mutasaddilari tomonidan aniq takliflar ishlab chiqildi.

Xususan, joylarda elektr energiyasi yetkazib berish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari sonini ko‘paytirish va metan zapravkalarning kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Bu kabi yig‘ilishlar 16-17-avgust kunlari mamlakatimizdagi yana boshqa hududlarning 140 nafar hokimlari ishtirokida ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech