Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda "O‘ztransgaz" AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yangilangan sana: 10.07.2024 17:47:15
"O'ztransgaz" AJ rahbariyatining qabul kuni doirasida ikki fuqaroning murojaati tinglandi.
Dastlabki murojaatchi Jizzax viloyati G'allaorol tumanida istiqomat qiladi. Murojaatchi "O'ztransgaz" AJ tasarrufidagi G'allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga ishga kirishga amaliy yordam so'radi. Uning murojaati qabul qilindi va tegishli mas'ullar tomonidan ko'rib chiqiladigan bo'ldi.
Navbatdagi murojaatchi Samarqanddan. Bir necha yillardan beri tizimda faoliyat olib boradi. O'z sog'ligini tiklash uchun jarrohlik operatsiyasiga muhtojligi sababli "O'ztransgaz" AJ jamoa shartnomasiga asosan moddiy yordam so'rab murojaat qildi. Qabul davomida uning murojaati ijobiy hal etildi.