Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda "O‘ztransgaz" AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yangilangan sana: 10.07.2024 17:47:15
"O‘ztransgaz" AJda murojaatchilar qabuli davom etmoqda
Rahbariyatning navbatdagi qabullarida Qoraqalpog‘iston va Andijondan 3 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Fuqarolarning barchasi ishga joylashish masalasida amaliy yordam so‘radi.
Ularga bugungi kunda Jamiyat tizimida mavjud vakansiyalar haqida maʼlumot berildi. Tarmoqda ishga joylashishning 2 bosqichli shaffof tizimi yo‘lga qo‘yilganligi, unga ko‘ra nomzodlarning bilim va ko‘nikmalari test sinovlari natijasiga ko‘ra baholanishi va sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar maxsus komissiyaning suhbati asosida ishga qabul qilinishi tartibi yo‘lga qo‘yilganligi tushuntirildi.