"O‘ztransgaz" AJda navbatdagi qabul
Yangilangan sana: 10.07.2024 17:47:15
Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda "O‘ztransgaz" AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Magistral gaz quvurlari tarmog‘iga 8000 nafardan ortiq ishchi xodimni o‘zida birlashtirgan yirik mehnat jamoasi xizmat ko‘rsatadi. Respublikamiz bo‘ylab 13 400 kilometrga yaqin yuqori bosimli magistral gaz quvurlari va muhandislik inshootlariga xizmat ko‘rsatib kelayotgan bu jamiyatning 14 ta tarkibiy tuzilmasi bor. Mehnatkashlarning 10 foizdan ortig‘ini esa oilalarimiz fayzi bo‘lgan xotin-qizlar tashkil etadi. Ular o‘ziga xos murakkab va masʼuliyatli soha faoliyatiga baholi-qudrat o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Mamlakatimizda xotin-qizlarga eʼtibor masalasi davlat siyosati darajasiga chiqqan hozirgi paytda aksiyadorlik jamiyati tizimida ham ayollarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgargan. Sohada ishlayotgan nozik qalb sohibalari rahbariyatning eʼtiborini dildan his qilib kelishmoqda. Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan "O‘ztransgaz" AJ o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi esa bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqadi.
“O‘ztransgaz” AJda Qo‘mita vakillari hamda mehnat jamoasi vakillari ishtirokida videokonferens aloqa formatida o‘tgan yig‘ilish ana shu hujjatni imzolashga bag‘ishlandi. Taʼkidlanganidek, memorandumda 2024-2025 -yillarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar ko‘zda tutilgan. Ularni amalga oshirilishi esa soha xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning jamiyatda va oiladagi o‘rnini mustahkamlab, samarali faoliyat olib borishiga imkoniyatlarini kengaytiradi.