Bizning tarix

Yangilangan sana: 12/23/2025 17:31:57



"O'ztransgaz" AJ haqida


       Respublika sanoati, kichik biznes yetakchi korxonalari va real iqtisodiy sektordagi asosiy tarmoqlarning doimiy iqtisodiy oʼsish surʼatlari hamda barqaror ishlashini taʼminlash yonilgʼi-energetik resurslar isteʼmolining oshishini nazarda tutadi. Tabiiy gazni ham ichki, ham tashqi bozorga yetkazib berish hajmlari oshib borayotgan hozirgi paytda, gaz transporti va gaz taqsimlash tizimlaridan ishonchli foydalanishni saqlab qolgan holda, gaz transporti tizimini rivojlantirish va gaz taʼminoti tizimini yaxshilash zarurati kuchayib bormoqda.

       Oʼzbekiston Respublikasi isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan kafolatli taʼminlash, shuningdek transportirovka qilish, tranzit va eksport qilish «Oʼztransgaz» Аktsiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan. Oʼzbekiston gaz sanoatining rivojlanish tarixi 1950 yillardan boshlanadi. Birinchi gaz 1953 yilda Setalantepa konidan qazib olingan.


Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech