OAV biz haqimizda

Yangilangan sana: 12/23/2025 17:31:57



12-1_RUS.jpg

Korporativ transformatsiya - boshqaruvning yangi darajasiga bosqichma-bosqich o‘tish

     

2-3/2020

         Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 9 iyuldagi «Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga binoan yetakchi xalqaro konsalting kompaniyalari va moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respub­likasining neft-gaz tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Ulug‘bek Xusanovich SAYIDOV bilan bugungi intervyumiz ushbu hujjat doirasida amalga oshirilgan ishlar, kompaniyani rivojlantirish rejalari va istiqbollari haqida bordi.
 
       –Ulug‘bek Xusanovich, o‘tgan yil iyul oyida davlatimiz rahbari qarori bilan «O‘ztransgaz» AJ «O‘zbekneftgaz» AJ tarkibidan chiqarildi va tabiiy gazni keyinchalik tashish, tranzit va eksport qilish uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan xarid qilish va magistral gaz quvurlariga ulangan mamlakat iste’molchilariga sotish bo‘yicha operatorga aylandi. Bu qayta tashkil etish kompaniyaga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
     – Qaror asosida O‘zbekiston Res­publikasining neft-gaz tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish uchun zamin yaratildi. O‘zgarish milliy gaz tarmog‘ini xalqaro moliyaviy hiso­botlar, audit va boshqaruv standartlariga moslashtiradi. Bu esa magistral gaz quvurlari va gaz ta’minoti tarmog‘ini kengaytirish, modernizatsiya qilish ishlarini moliyalashtirish uchun xalqaro hamkorlar hamda investorlardan kapital jalb qilish qobiliyatini oshiradi. Ushbu hujjat tufayli tabiiy gazni quvur­lar orqali iste’molchilarga yetkazishdagi mas’uliyat taqsimlandi, ya’ni «O‘ztransgaz» AJ tabiiy resursni magistral gaz quvurlariga (yuqori bosim) ulangan, «Hududgazta’minot» AJ esa gazni taqsimlash tarmoqla­riga (past bosim) ulangan iste’molchilarga sotadi. Kompaniyaning tabiiy va suyultirilgan gazni iste’molchilarga tashish va sotish bo‘yicha faoliyati hududiy filiallarini «Hududgazta’minot» AJga o‘tkazish yo‘li bilan maqbullashtirildi.
     Tabiiy gazni uzatish yo‘nalishlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda muxim va optimal geografik nuqtada joylashgan «O‘ztransgaz» AJ tabiiy gazni tashish operatori bo‘lib, (Shimol-Janub va G‘arb-Sharq yo‘nalishlari bo‘ylab) eksport faoliyatini ham amalga oshiradi. Bugungi kunda jamiyat tomonidan Magistral gaz qu­vurlari ob’ektlari, kompressor stansiyalari va yer osti gaz omborlarini yuqori texnik darajada saq­lab turish uchun ushbu ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik qayta jihozlash loyihalari amalga oshirilmoqda, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy xukumat moliya tashkilotlari tomonidan kreditlar jalb qilinmoqda.
     Jamiyat o‘z tarkibidagi tuzilmalarni har tomonlama baholash jarayonini boshladi. Bundan maqsad kadr resurslarining nomaqbul yoki kutilmagan takrorlanishini qisqar­tirgan holda avtonom va professionallikning talab qilingan darajasini ta’minlashdan iborat.
     Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida kompaniyani uzatish tizimi «operatori» (transmission sistem operator – TSO)ga aylantirish orqali korporativ transformatsiyani amalga oshirish ham rejalash­tirilmoqda. Buning natijasida kompaniya funksiyalariga o‘zgartirishlar kiritiladi va «O‘ztransgaz» AJ gaz ishlab chiqaruvchilardan mahsulot oqimlarini rejalashtirish, nazorat qilish, muvofiqlashtirish, boshqa­rish va integratsiyalashgan gaz tashish tizimi orqali yetkazib berish punktlarigacha kuzatish uchun mas’ul (javobgar) bo‘ladi.
     – Ko‘plab hududlarda tabiiy gazni maksimal darajada iste’mol qilish davrlarida uning taq­chilligi sezilishi hammaga ma’lum. «O‘ztransgaz» AJning isloh qi­linishi ortidan bu muammo to‘liq hal etilishi mumkinmi?
     – 2019 yilda tabiiy gazning ichki iste’moli qariyb 38 milliard kubometrni tashkil etdi. O‘tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra gaz iste’molining asosiy qismi elektr energiyasi ishlab chiqarishga, aholi hamda boshqa strategik ob’ektlar va iste’molchilar ulushiga to‘g‘ri keladi. Tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berish hajmi joriy yilda O‘zbekis­ton Respublikasi Vazirlar Mahka­masi tomonidan 2020 yil 11 mayda tasdiqlangan balans prognoz ko‘rsatkichlarida belgilangan. Bu butun mamlakat bo‘ylab 40 milliard kubometrdan ortiq tabiiy gaz bo‘lib, 2019 yilga nisbatan 2 milliard kubometrga ko‘pdir.

 

Tayyorlandi: evu.uz

Хавола: https://evu.uz/uz/ekonomika/o-zbek-korporativ-transformacziya-bosh-aruvning-yangi-darazhasiga-bos-ichma-bos-ich-tish.html


  

"Islohotlar amalda" ko‘rsatuvining "O‘ztransgaz" AJ faoliyatiga bag‘ishlangan soni



Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech