Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




Chinozda gaz ta'minoti yaxshilanadi


Chinozda yangi gaz taqsimlash stansiyasi qurildi. Shu paytgacha tumandagi qariyb 25 ming xonadon va 562 ta ulgurji iste’molchiga tabiiy gaz 1 ta stansiya orqali yetkazib berilayotgan edi. Endilikda, 10 ming xonadon “Islomobod” stansiyasi orqali tabiiy gaz oladi.

Chinoz tumanida kuz-qish davrida tabiiy gazdan muammolar bo‘lgan. Muammoni bartaraf etish uchun “O‘ztransgaz”AJ Toshkent Magistral gaz quvurlari boshqarmasi “Islomobod” MFY hududida yangi gaz taqsimlash stansiyasini qurib bitkazdi.

“Islomobod GTS DVST magistral gaz quvurlariga ulangan bo‘lib, soatiga 12 ming kub metr gazni taqsimlay oladi. Bu stansiya tadbirkor hamkorligida qurilgan.

Uning turdosh stansiyalardan asosiy farqi shundaki, elektr energiyasini quyosh panellari orqali muqobil manbadan oladi”, - deydi Toshkent MGQB boshlig’i o‘rinbosari Olim Tangriyev.

“Baxmal” qishlog‘idagi yangi shoxobcha tumandagi xonadonlarga tabiiy gazni bir me’yorda yetkazib berilishini ta’minlaydi.

“Chinoz” stansiyasining aholi tarmog‘iga ulangan 9 ta sanoat korxonasi ham aholi gaz quvuridan ajratilib yangi stansiyaning alohida sanoat kollektoriga o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu ham “Chinoz” gaz taqsimlash stansiyasining yuklamasini yanada qisqartirib, o‘tkazuvchanligini barqarorlashtiradi.




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech