Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.25.2024 16:42:45




"O‘ztransgaz" AJ tizimida tahliliy uskunalar bloklari o‘rnatilmoqda

"O‘ztransgaz" AJ faoliyati davomida tabiiy gaz sifatini nazorat qilishga alohida eʼtibor qaratiladi. Zero, yetkazib berilayotgan tabiiy gazning sifati past bo‘lsa - texnologik uskunaning to‘xtab qolishi, kompressor stansiyalarida avariyaviy holatlar, quvurda oqmalar paydo bo‘lishi va gaz hajmlarining texnologik yo‘qolishlariga olib keladi.

"O‘ztransgaz" AJ tizimida yuqoridagi holatlarni bartaraf etish maqsadida  tahliliy uskunalar bloklari - (oqim gaz xromatograflari va analizatorlari)ni o‘rnatish loyihasi amalga oshirilyapti. Xromatograf va analizatorlar - tabiiy gaz tarkibini, oltingugurt va merkaptan oltingugurt miqdorini, namlik va uglevodorodlar uchun shudring nuqtasi haroratini doimiy ravishda aniqlaydi. Bu parametrlar esa tabiiy gazning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridir. 

Loyiha doirasida  Muborak, Gazli MGQBlari va "Urganchtransgaz" UK tasarrufidagi bo‘linmalarga bloklar o‘rnatib bo‘lindi. Shu kunlarda bloklarni foydalanishga topshirish ishlari boshlandi. 

Gazli MGQBda tizim korxonalaridagi gaz sifatini nazorat qiluvchi mutaxassislar ishtirokida  tahliliy uskunalar blokini ishga tushirishga bag'ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davom etgan tadbirda tahlil uskunalarini ishlash jarayonini ko‘rgazmali taqdimoti shaklida namoyish qilindi. Dolzarb mavzularda ma'ruzalar o'qildi, savol-javob viktopinasi o'tkazildi.




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech