Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




Rejalar ijrosi ko‘rib chiqildi va sayyor qabul o‘tkazildi

"O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisining  o‘rinbosari T.Ismoilov "Shimoliy So‘x" GYOSIda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar, gaz kompressor stansiyasining ish jarayonlarini, so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilgan ishlarni ko‘rib chiqdi.  2022-yilga rejalashtirilgan qurilish, taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda mavjud muammoli masalalar va loyiha hujjatlariga eʼtibor qaratildi. Gaz o‘lchov maydonida qilingan ishlar bilan tanishib, qurilish va rekonstruksiya masalalariga oid taklif va ko‘rsatmalar berildi.

GYOSIda "O‘ztransgaz" AJ raisining ishonchli vakili ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 1 nafar xodim murojaat qildi. Murojaatchiga mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida tegishli tushuntirish berildi. Bundan avvalgi qabullarda qilgan  muammolari ijobiy hal etilgan 2 nafar xodim esa "O‘ztransgaz" AJ rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. 





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech