Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




Samarqand shahri va uning atrofidagi gaz tarmoqlari yangilanmoqda


2019-2021 yillarda Samarqand shahar va shahar atrofidagi yo‘llarni yangitdan qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq loyiha doirasida “O‘ztransgaz” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan shu yo‘llar atrofidagi gaz tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilyapti.

“Oqdaryo” gaz taqsimlash stansiyasidan O‘zbektrakt magistral yo‘li, Shoxizinda, A.Shomurod ko‘chalari orqali Panjakent ko‘chasigacha 11,5 km uzunlikda D-325 mmli o‘rta bosimli gaz quvurining qurilish-montaj ishlari “Shuhrat Qambarov gaz servis” xususiy korxonasi tomonidan olib borilmoqda. Ayni paytgacha 5,5 kmga yaqin gaz quvuri montaj qilindi. Ushbu loyiha yakunlanishi natijasida Samarqand shahri Siyob hududning gaz ta’minoti yaxshilanadi.

“O‘ztransgaz” AJ Axborot xizmati



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech